Hisobda

Daftar yo'qoladi. Hisobingiz esa doim yoningizda.

Hisobda — kirim va chiqimni yozib boradigan bepul ilova. Telefonda yozing — planshet va kompyuterda ham hammasi joyida: yozuvlaringiz hisobingizda, bulutda xavfsiz saqlanadi.

  • Telefon
  • Planshet
  • Kompyuter
  • Bulutda saqlanadi
Bepul boshlash

Hisobingiz bormi? Kirish

Hisobda nima qiladi?

  • Hammasi bir joyda. Kirim, chiqim va balans — bitta sahifada.
  • Byudjetdan oshmaysiz. Har bir xarajat turiga oylik chegara qo'ying — 80% ga yetganda ogohlantiramiz.
  • Grafik o'qish shart emas. "Bu oy yaxshi ketyapti" — Hisobda shunchaki aytadi.

Qanday boshlanadi?

  1. Ro'yxatdan o'ting — email va parol — bir daqiqa.
  2. Kirim va xarajatlarni yozing — har biri bir necha soniya.
  3. Natijani ko'ring — qancha qoldi va pul qayerga ketdi.

Ko'p beriladigan savollar

Hisobda nima?

Hisobda — kirim va chiqimlarni hisoblash uchun bepul o'zbekcha ilova. Xarajatlaringizni yozasiz, u esa oy qanday ketayotganini, pul qayerga ketganini va qaysi byudjet oshib ketayotganini ko'rsatadi.

Hisobda bepulmi?

Ha, Hisobda'dan foydalanish bepul.

Telefonda ishlaydimi?

Ha. Hisobda telefon, planshet va kompyuter brauzerida ishlaydi — hech narsa o'rnatish shart emas.

Ma'lumotlarim yo'qolib qolmaydimi?

Yo'q. Yozuvlaringiz telefonda yoki qog'ozda emas, Hisobda hisobingizda saqlanadi. Telefon almashsa yoki yo'qolsa ham, istalgan qurilmadan kirsangiz hammasi joyida.

Ma'lumotlarim xavfsizmi?

Ha. Yozuvlaringizni faqat siz ko'rasiz, boshqa foydalanuvchilar ko'ra olmaydi. Parolingiz shifrlangan holda saqlanadi, parolni ko'p marta noto'g'ri terishdan himoya bor.

Qaysi valyutalarda ishlaydi?

O'zbek so'mi, AQSh dollari, yevro, rossiya rubli va qozog'iston tengesi.

Bugun boshlang

Bepul. Telefonda ishlaydi.

Bepul boshlash